Telegram ichidagi ilova

Munosib juft — mustahkam oila

Diniy qadriyatlarimizga muvofiq munosib juft topishga ko‘maklashamiz. Anketani o‘zingiz yoki yaqiningiz uchun yarating, mos nomzodlarni toping va hurmat bilan tanishing.

  • Tasdiqlangan anketalar
  • Rasmlar faqat ruxsat bilan
  • Suhbatlar nazoratda
DALOLAT ilovasi: nomzodlar lentasi DALOLAT ilovasi: nomzod profili DALOLAT ilovasi: shaxsiy profil DALOLAT ilovasining ochilish ekrani
86% mos
Tasdiqlangan
Nur AI yordamchi

Ilova ichida

Hammasi bir joyda — Telegram ichida

01

Sizga mos nomzodlar

Lenta talablaringizga qarab saralanadi. Har bir anketada moslik foizi ko‘rinadi — kimga e’tibor qaratishni darhol bilasiz.

  • «Sizga mos» va «Talablari mos» bo‘limlari
  • Filtr va ID bo‘yicha qidiruv
  • Yoqqan anketalarni saqlab qo‘yish
DALOLAT ilovasi: nomzodlar lentasi
02

Nomzodni chuqurroq bilib oling

Ma’lumotlar, talablar va moslik — alohida bo‘limlarda. Foiz ikkala anketa javoblari, qo‘shimcha ma’lumotlar va Xarakter testi asosida hisoblanadi.

  • O‘xshash va farq qiladigan tomonlar
  • Ko‘k belgi — yuzi jonli tekshirilgan anketa
  • Ayrim ma’lumotlar so‘rovdan keyin ochiladi
DALOLAT ilovasi: nomzod profili
03

Anketangiz — o‘z nazoratingizda

Anketani o‘zingiz uchun yoki qizingiz, o‘g‘lingiz, singlingiz kabi yaqinlaringiz uchun yuritasiz. Rasmlaringizni kim ko‘rishini o‘zingiz hal qilasiz.

  • «Faqat ruxsat berganlarim» — boshqalar xira nusxani ko‘radi
  • Xarakter testi: Big Five, 5 ko‘rsatkich
  • Hamyon va VIP imkoniyatlari
DALOLAT ilovasi: shaxsiy profil
DALOLAT ilovasi: nomzodlar lentasi DALOLAT ilovasi: nomzod profili DALOLAT ilovasi: shaxsiy profil

Imkoniyatlar

Juft izlashni yengillashtiradigan vositalar

Har bir imkoniyat bitta maqsadga xizmat qiladi: to‘g‘ri insonni hurmat va ishonch bilan topish.

Nur AI — shaxsiy yordamchingiz

Anketa, nomzodlar, moslik, so‘rov, chat va hamyon haqidagi savollaringizga javob beradi.

So‘rov va suhbat

Nomzodga so‘rov yuboring: u qabul qilsa, ilova ichida suhbat ochiladi.

Guvohli suhbat

Platformada bo‘lmagan nomzod bilan DALOLAT guvohligida gaplashing.

Shaxsiy sovchilik

Admin sizga juftni shaxsan izlaydi.

Xarakter testi

Big Five asosidagi 5 ko‘rsatkich. Natija moslik foizini aniqroq qiladi.

10 xil mavzu

Ilova ko‘rinishini o‘zingizga yoqqan ranglarda tanlang.

5 tilda

O‘zbek, rus, ingliz, turk va arab tillarida ishlaydi.

Qanday ishlaydi

To‘rt qadamda boshlang

  1. 1

    Ilovani oching

    «Boshlash» tugmasini bosing yoki Telegram’da @dalolatapp botini oching.

  2. 2

    Anketani to‘ldiring

    O‘zingiz haqingizda va bo‘lajak juftingizga talablaringizni yozing.

  3. 3

    Nomzodlarni ko‘ring

    Moslik foizi va filtrlar yordamida sizga mos anketalarni toping.

  4. 4

    So‘rov yuboring

    Nomzod qabul qilsa, ilova ichida suhbat ochiladi.

Ishonch

Hurmat va maxfiylik — asosiy qoidamiz

DALOLAT oila qurish niyatidagi insonlar uchun. Shuning uchun xavfsizlik ilovaning har bir qismiga singdirilgan.

Ko‘k belgi

Anketa egasi kamera orqali yuzini jonli skanerlaydi — anketani haqiqiy inson yuritayotgani tasdiqlanadi.

Maxfiy rasmlar

Ayollar anketasidagi rasmlar faqat ruxsat berilgan insonga ochiladi, boshqalar xira nusxani ko‘radi.

Moderatsiya

Anketalar va suhbatlar qoidalar asosida nazorat qilinadi, qoidabuzarlikka chora ko‘riladi.

Shikoyat va bloklash

Noqulay vaziyatda bir tugma bilan shikoyat qiling yoki foydalanuvchini bloklang.

Munosib juftingizni izlashni bugun boshlang

DALOLAT Telegram ichida ishlaydi — hech narsa o‘rnatish shart emas.